MUAMMO XONADONNING O‘ZIDA O‘RGANILMOQDA
2026-09-11 18:45:00 / Yangiliklar

Ishchi guruhi faoliyatidan
Uychi tumanida kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda aholi turmush sharoitini yaxshilash, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va ularning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Tuman hokimi Toshloq mahallasidagi xonadonlarda bo‘lib, oilalarning yashash sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandi. Suhbatlar davomida aholi o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdi.
Har bir oilaning holati alohida o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbasini yaratish orqali oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Tuman hokimi mutasaddilarga har bir xonadon bilan manzilli ishlash, berilgan topshiriqlar ijrosini nazoratga olish hamda natijaga qaratilgan ishlarni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Maqsad — muammoni faqat o‘rganish emas, balki har bir oila bilan manzilli ishlab, uning barqaror daromad manbasini shakllantirish va munosib turmush sharoitiga erishishiga ko‘maklashish.






