🚶♂️ “TOSHLOQ”DA YO‘L INFRATUZILMASI YAXSHILANMOQDA
2026-09-11 18:40:00 / Yangiliklar

🇺🇿 «Yangi O‘zbekiston» qiyofasidagi Toshloq mahallasida ko‘chalarni obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
📍 Tuman hokimi mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, ko‘chalarning asfaltlanishi, piyodalar yo‘laklari va yo‘l infratuzilmasining holatini ko‘zdan kechirdi.
🔎 O‘rganish davomida bajarilgan ishlar sifati tahlil qilinib, piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yanada yaxshilash, yo‘llar va piyodalar yo‘laklarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏘 Obod va ravon ko‘chalar — aholi uchun qulaylik, xavfsizlik va zamonaviy mahalla qiyofasining muhim belgisidir.
✨ Obod mahalla — farovon hayot garovi! 🇺🇿









