🤝 TADBIRKORLAR MUROJAATI E’TIBORDA
2026-09-11 18:40:00 / Yangiliklar

Bugun Uychi tumani hokimi Muzaffar Abdullayev Toshloq mahallasi binosida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda tadbirkorlar bilan bir qatorda Markaziy bank Namangan viloyat bosh boshqarmasi, respublika “Mikrokreditbank”, tegishli tashkilot, korxonalar hamda banklar rahbarlari ishtirok etdilar.
🗣 Muloqot davomida tadbirkorlar o‘z faoliyati jarayonida duch kelayotgan muammo va masalalarni tuman rahbariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon qilib, ularni hal etish bo‘yicha taklif va murojaatlarini bildirdilar.
📌 Ko‘tarilgan har bir masala atroflicha muhokama qilinib, ularni belgilangan tartibda ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
🏦 Shuningdek, tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi. Mas’ullarga ushbu yo‘nalishdagi murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish vazifasi yuklatildi.
🎯 Tuman rahbari tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda yangi tashabbuslarni rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
✨ Bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlar bilan bevosita va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni joyida aniqlash hamda ularga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirkor qo‘llab-quvvatlansa — yangi ish o‘rinlari, yangi imkoniyatlar va yangi daromad manbalari yaratiladi.









