Jarayon
2026-09-08 18:25:00 / Yangiliklar

Uychi tumanidagi Toshloq MFY "Humo" ko‘chasida avtomobil yo‘lining sifatini yaxshilash va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda yo‘l frezasi yordamida yo‘lda paydo bo‘lgan chuqurchalar kesilib, kartasimon shaklga keltirilmoqda. Mazkur ishlar keyingi bosqichda yo‘l qoplamasini sifatli ta’mirlash va asfalt-beton bilan qoplash uchun amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, ushbu ishlar yo‘l qoplamasining mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlashga qaratilgan.



