Giyohvandlikka qarshi kurash tadbiri
2026-09-08 18:25:00 / Yangiliklar

Uychi tumanidagi 3-son texnikumida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish maqsadida «Giyohvandlikka qarshi kurash» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda talabalarga giyohvand moddalarning inson salomatligiga, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’siri haqida tushunchalar berildi. Giyohvandlikning oldini olish va uning ayanchli oqibatlariga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi.
Shuningdek, mavzuga oid taqdimotlar orqali giyohvand moddalarning turlari, inson organizmiga ta’siri hamda ularni tarqatish va iste’mol qilish bilan bog‘liq huquqiy javobgarlik choralari tushuntirildi.
Talabalarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan savol-javob tarzida ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.




