MUROJAATLAR TINGLANDI
2026-09-09 18:10:00 / Yangiliklar

Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini hal etishga qaratilgan shaxsiy qabullar davom etmoqda.
Uychi tuman hokimining o‘rinbosari A.Abdullayevning fuqarolar bilan shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
👥 Qabul davomida fuqarolarning investisiya, tadbirkorlik, sanoat va savdo sohalariga oid murojaatlari, shuningdek, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalari tinglandi.
📌 Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ko‘tarilgan masalalarni qonun doirasida hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berildi.
🤝 Xalq bilan muloqot — muammolarni hal etishning muhim omili.

