XALQ QABULXONASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
2026-09-04 14:40:00 / Yangiliklar

Xalq qabulxonasi binosida fuqarolarning murojaatlarini tinglash maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul bo‘lib o‘tdi.
👤 Qabulni Uychi tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i K.Patxiddinov o‘tkazdi.
🤝 Shaxsiy qabul davomida fuqarolarning qishloq va suv xo‘jaligi, bog‘dorchilik yer resurslaridan foydalanish, chorvachilik uchun kredit ajratish hamda boshqa sohalarga oid murojaatlari diqqat bilan tinglandi.
📌 Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, masalalarni qonuniy va amaliy yechimi yuzasidan choralar belgilandi.
🇺🇿 Xalq dardi — e’tiborda, murojaatlar — nazoratda!


