Rahbar va yoshlar uchrashuvi
2026-09-03 15:55:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” doirasida Uychi tumanida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tuman hokimining o‘rinbosari A.Muminov, tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Maxmudov tomonidan yoshlarning murojaatlari tinglanib, jami 9 ta murojaat o‘rganildi.
Murojaatlarda yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ta’lim, ijtimoiy va boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan taklif hamda muammolar ko‘rib chiqildi.
Bildirilgan murojaatlarning har biri tegishliligi bo‘yicha tashkilotlarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi hamda murojaatlar nazoratga olindi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad — yoshlarning muammolarini tizimli o‘rganish, murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishdan iborat.





