Fuqarolar murojaatlari yuzasidan qabul o‘tkazildi
2026-08-15 16:40:00 / Yangiliklar

Bugun Uychi tumani hokimi M.Abdullayev hamda tuman hokimi o‘rinbosari S.Ahmadaliyeva ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida aholi tomonidan bildirilgan turli mazmundagi murojaatlar tinglanib, har bir masala atroflicha o‘rganildi.
Fuqarolar ko‘targan muammolarni qonuniy tartibda hal etish, ularga yechim topish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida va manzilli o‘rganish, fuqarolarning qonuniy talab va takliflarini ijobiy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🤝 Xalq bilan muloqot — samarali boshqaruv va inson manfaatlarini ta’minlashning muhim mezonidir.




