Tayanch mahalla "Jiydakapa"da ayollar bandligi ta’minlanmoqda
2026-08-15 11:40:00 / Yangiliklar

Uychi tumani Jiydakapa mahallasida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ular uchun mahallaning o‘zida daromad manbai yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Jumladan, mahalla binosining yerto‘la qismida tadbirkor Gulchehra Mahmudova tashabbusi bilan zamonaviy tikuvchilik syexi tashkil etildi. Natijada 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Mazkur syexda asosan ayollar kiyim-kechaklari ishlab chiqarilib, mahallada yashovchi xotin-qizlarni kasbga jalb etish, ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash va oilaviy farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Tuman hokimi mazkur tikuvchilik syexiga tashrif buyurib, ish jarayonlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.Tashrif davomida tadbirkor bilan ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mahsulot turlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va faoliyatni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tuman rahbari mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va kichik ishlab chiqarishlarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
🧵 Mahallada yaratilgan har bir ish o‘rni — bir oila farovonligi, bir tadbirkorlik tashabbusi va hudud iqtisodiy taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir.





