📚 Uychi tumanida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida tumandagi “Umid nihollari” nomli bolalar oromgohida bolalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan "Kitob kar
2026-07-29 20:00:00 / Yangiliklar
📚 Uychi tumanida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida tumandagi “Umid nihollari” nomli bolalar oromgohida bolalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan "Kitob karvoni" loyihasi amalga oshirildi.
📚 Loyiha davomida bolajonlar ishtirokida qiziqarli kitobxonlik viktorinasi o‘tkazilib, ularning bilimlari va hozirjavobligi sinovdan o‘tkazildi. Faol va zukko ishtirokchilar munosib taqdirlanib, kitobga mehr va mutolaaga qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiluvchi samimiy muhit yaratildi.
📚 Shuningdek, targ‘ibotchilar “Umid nihollari” nomli bolalar oromgohi tashkilotchilari tomonidan tashkil etilgan muzeyiga tashrif buyurishdi.
