Uychi tumanida fermer xo‘jaliklarida agrotexnik tadbirlar o‘rganilmoqda
2026-07-29 19:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Fermerlari kengashi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatining Uychi tumanidagi qator fermer xo‘jaliklarida agrotexnik tadbirlarning borishi o‘rganildi.
Jumladan, "Oltin gavhar zumrad nur" fermer xo‘jaligida takroriy ekin maydonlari hamda g‘o‘za parvarishi, "Ko‘rkam nur" fermer xo‘jaligida takroriy ekinlar holati, "Zamin" fermer xo‘jaligida esa g‘o‘za maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xususan kartoshkachilikni rivojlantirish, takroriy ekinlarni samarali parvarishlash va g‘o‘za agrotexnikasiga oid ishlar ham atroflicha tahlil qilinib, fermerlarga amaliy tavsiyalar berildi.







