RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2026-07-09 17:30:00 / Yangiliklar

🌟 Payshanba — “Yoshlar kuni”
“Yoshlar kuni” tadbirlari munosabati bilan Uychi tumanining eng chekka hududida joylashgan Guliston mahallasida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda tuman hokimi Muzaffar Abdullayev, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari hamda faol yoshlar qatnashdilar.
Ochiq muloqot davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan murojaatlar, takliflar va startap loyihalari tinglandi. Xususan, jami 10 ta murojaat ko‘rib chiqilib, ularning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar esa qo‘shimcha o‘rganish va amaliy yechim topish maqsadida tegishli rahbar va mas’ullarga yo‘naltirildi.
Shuningdek, istiqbolli startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanib, ularni amalga oshirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan muammolarni tezkor hal etish hamda yoshlar bandligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.









