ISTE’DODLI YOSHLAR – YURTIMIZ KELAJAGI
2026-07-09 15:25:00 / Yangiliklar

Payshanba — “Yoshlar kuni”
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Uychi tumani hokimi Muzaffar Abdullayev hamda sektor rahbarlari tumanda amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Jumladan, tumanning eng chekka hududidagi 19-maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati ko‘zdan kechirildi. Loyiha doirasida 220 nafar o‘quvchi qamrab olingan bo‘lib, ular uchun belbog‘li kurash, tasviriy san’at, tarix, ingliz tili hamda ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar muntazam tashkil etilmoqda.
🤼 Ayniqsa, belbog‘li kurash to‘garagida shug‘ullanayotgan yosh sportchilar viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgani alohida e’tirof etildi.
Tashrif davomida yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, to‘garaklar faoliyati va ta’lim sifati ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
✨ Bilimli, sportsevar va ma’naviyatli yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi, Vatanimiz kelajagining mustahkam poydevoridir. 🌟🇺🇿









