🌾 MEHNAT BARAKASI — DALADA
2026-06-06 12:00:00 / Yangiliklar
Uychi tumanida g‘alla hosilini nest-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Tuman hokimi Muzaffar Abdullayev hamda soha mutaxassislari hududlarda bo‘lib, o‘rim-yig‘im jarayonlari bilan tanishishmoqda, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berishmoqda.
Dehqonning bir yillik mehnati, yerga berilgan mehr va zahmatning samarasi bo‘lgan oltin boshoqlar zamonaviy texnika vositalari yordamida qisqa muddatlarda yig‘ib olinmoqda.
🌾 Har bir yig‘ib olingan boshoq — yurtimiz dasturxoni to‘kinligi, xalqimiz farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligining muhim kafolatidir.
Mehnatkash dehqonlar va g‘alla o‘rimida ishtirok etayotgan barcha fidoyilarning mehnatiga omad va baraka tilaymiz!










