MAHALLADA SAYYOR QABUL
2026-05-15 10:00:00 / Yangiliklar
🔰 Uychi tumani Navoiy mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Tuman hokimi Muzaffar Abdullayevning navbatdagi sayyor qabulida tegishli tashkilot va idora rahbarlari ishtirok etdilar.
Sayyor qabulda uy-joy, bandlik, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy masalalar yuzasidan 14 ta murojaat ro‘yxatga olindi.
Har bir murojaat alohida o‘rganilib, 2 ta masala shu joyning o‘zida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.










