PILLA TERIMI AVJ PALLADA
2026-05-15 08:05:00 / Yangiliklar
Uychida pilla terimi mavsumi qizg‘in pallaga kirdi.
Uychi tumanida pilla terimi mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Ayni kunlarda pillachilik bilan shug‘ullanayotgan fermerlar va aholi tomonidan yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan yig‘ib olish ishlari jadal sur’atlarda bormoqda.
Tumanda pilla yetishtirish bilan band bo‘lgan oilalar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, sohada mehnat qilayotgan aholini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan pillani qabul qilish, saralash va topshirish jarayonlari tizimli tashkil etilgan.
Ayniqsa, xonadonbay ish tashkil etilgani ko‘plab oilalarning iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.Hozirda tumanda pilla terimi ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, belgilangan reja ko‘rsatkichlarini ortig‘i bilan bajarish yuzasidan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Tuman hokimi hamda soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi huddularda bo‘lib, pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar bermoqda. Ilg‘or pillakorlar rag‘batlantirilib, sur’at kun sayin oshirilmoqda.









