MARKAZIY AYLANMA YO‘L — YANGI QIYOFAGA KIRADI
2026-04-21 13:20:00 / Yangiliklar
Uychi tumani markazidagi aylanma yo‘l(kalsavoy)ni zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanmoqda.
Tuman hokimi Muzaffar Abdullayev mazkur hududda bo‘lib, loyiha bo‘yicha takliflar bilan tanishdi va mas’ullarning fikr-mulohazalarini tingladi. O‘rganish davomida aylanmaning arxitekturasi, ko‘kalamzorlashtirish, yoritish tizimi hamda harakat xavfsizligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Yangi loyiha doirasida hududni obodonlashtirish, zamonaviy dizayn va transport oqimini tartibga solish ko‘zda tutilmoqda.
Mas’ullarga barcha takliflarni inobatga olgan holda, qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Bu kabi yangilanishlar — shahar qiyofasini zamonaviylashtirish, aholiga qulaylik yaratish va hududning jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.







