TA’LIMGA E’TIBOR — KELAJAKKA SARMOYA
2026-04-08 10:20:00 / Yangiliklar
Uychi tumani hokimi Muzaffar Abdullayev Gulbog‘ mahallasi hududidagi 23-maktab faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida ta’lim sifati, o‘quv jarayonlari va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ayniqsa, bitiruvchi hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan samimiy muloqot alohida ahamiyat kasb etdi. Ular bilan kelajak kasblari, orzu va maqsadlari haqida fikr almashilib, har bir bolaga o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlash, bilim va intilish bilan yuksak marralarga erishish mumkinligi ta’kidlandi.
Yosh avlodning qalbida orzu va ishonchni mustahkamlash, ularni bilimga chorlash — bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Uychida ta’limga qaratilgan bunday e’tibor esa ertangi taraqqiyotning mustahkam poydevoridir.







