GULLAR IFORI
2026-04-07 19:15:00 / Yangiliklar
Xalqaro "Gullar festivali" oldidan
Uychi tumanida 65-Xalqaro gullar festivaliga puxta taraddud ko‘rilmoqda.
Hududlar va mahallalarda keng ko‘lamda obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ko‘chalar va yo‘l bo‘ylariga turfa xil gullar o‘tqazilib, gulxonalar zamonaviy kompozitsiyalar bilan bezatilmoqda. Bu yilgi bayramga tashkilot va muassasalar jamoalari ham o‘zgacha tayyorgarlik bilan kelishmoqda.
Tunda ham o‘zgacha chiroy va fusunkorlik mujassam. Bu ezgu ishlar tuman chiroyiga chiroy qo‘shib, har bir inson qalbiga shodlik, ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.
Uychi tuman hokimligi Axborot xizmati.








