Uychi tumanida bahorgi agrotexnik ishlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
2026-04-02 09:30:00 / Yangiliklar
Uychi tumanida bahorgi agrotexnik ishlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Barcha MMTPlar hududlarida plyonka ostiga chigit ekish, yerlarni sifatli tayyorlash, g‘alla parvarishi, o‘g‘itlash va sug‘orish ishlari tizimli tashkil etilgan.
Shu bilan birga, dalalarda agrotexnik talablarga qat’iy rioya etish va dala madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Barcha jarayonlar tuman hokimi hamda sektor rahbarlari tomonidan doimiy nazoratda bo‘lib, ishlar belgilangan muddat va talablar asosida samarali amalga oshirilmoqda.










