"YAPONIYA TAJRIBASI - TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI!"
2026-04-02 08:05:00 / Yangiliklar
Tuman seminari
"YAPONIYA TAJRIBASI - TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLARNING YANGI BOSQICHI!"
Uychi tumanidagi 14-maktabda ana shu mavzuda tuman seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda tumandagi barcha ta’lim muassasalarining direktorlari qatnashdilar. Maktabning boshlang‘ich sinflarida Yaponiya ta’lim moduli asosida ochiq darslar tashkil etildi. Sinf xonalari zamonaviy ko‘rinishda bezatildi.
Seminar davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha to‘garaklar faoliyati yaqindan tanishtirildi.










