GʻALLA MAVSUMI YAQIN — TEXNIKALAR TAYYORMI?
2026-04-01 12:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilda Uychi tumanida 6135 gektar maydonda g‘alla yetishtirilmoqda. Uni nest-nobud qilmay yig‘ib olish maqsadida tumanda 21 ta otryad shakllantirilib, 21 ta don o‘rish kombayni biriktirilgan.
Tuman hokimi Muzaffar Abdullayev tuman markaziy MMTPda bo‘lib, bug‘doy o‘rim-yig‘imi oldidan kombaynlarning texnik holati va ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Mavjud texnikalarni mavsumga soz holatga keltirish yuzasidan mas’ullarga qat’iy vazifalar yuklatildi.
Ta’kidlanganidek, har bir kombaynning shayligi — hosil taqdirini belgilaydi. Mavsumga tayyorgarlikda kechikishga yo‘l qo‘ymaslik, texnikalarni to‘liq ishchi holatga keltirish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.
Bugungi tayyorgarlik — ertangi barakali hosilning mustahkam kafolati. 🌾✨







