CHIGIT EKISH JADALLASHTIRILADI
2026-03-31 09:50:00 / Yangiliklar
Uychi tumanidagi “Zarbol Navoiy” MMTP hududida joylashgan “Jahongir Umrzoqov” fermer xo‘jaligida chigit ekish ishlarini jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimi M.Abdullayev, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Xudoyberdiyev, sektor rahbarlari ishtirok etib, chigit ekish mavsumini samarali tashkil etish, har bir kun va har bir soatdan unumli foydalanish zarurligini alohida ta’kidladilar.
Yig‘ilishda dala ishlarini agrotexnikа talablari asosida, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, zamonaviy usullar — jumladan, “Shinjon” texnologiyasini keng joriy etish, yerni puxta tayyorlash va texnikalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Mas’ullarga chigit ekish sur’atini oshirish, kechikishlarga yo‘l qo‘ymaslik va har bir maydondan yuqori hosil olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Yerga e’tibor, vaqtga hurmat va mehnatga sadoqat — barakali hosilning eng mustahkam kafolatidir. Uychi dalalarida olib borilayotgan bugungi sa’y-harakatlar ertangi farovonlikka xizmat qiladi.🌾✨










