Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2025-07-22 18:35:00 / Yangiliklar
Urgut tumani Mustaqillik mahallasida faol xotin-qizlar, ko‘chaboshilar, oqila ayollar ishtirokida muhim ijtimoiy mavzularga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda to‘y va marakalarni ixcham, urf-odatlarga mos tarzda tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olishda mahalla jamoatchiligini faol jalb etish, shuningdek, erta turmush va erta homiladorlik holatlarining oldini olish bo‘yicha fikr almashildi.
Yig‘ilish davomida mahalla faollarining tajribasi tinglandi, mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar bildirildi. Mahallada sog‘lom oilaviy muhitni ta’minlash, yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash, ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha kelgusi rejalar belgilandi.
Ushbu uchrashuvlardan kòzlangan asosiy maqsad, mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, sog‘lom va mustahkam oilalarni shakllantirishdir.
