Yana bir oila totuvlik sari qaytdi
2025-07-22 18:35:00 / Yangiliklar
Urgut tumani Torinjak mahallasida ikki yildan buyon birga yashamayotgan er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilik Urgut tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda mahalla raisi tomonidan olib borilgan muloqot va tushuntirish ishlari natijasida ijobiy hal etildi.
Oila a’zolari bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, o‘zaro hurmat, kechirimlilik, mehr-oqibat va oilaviy mas’uliyat masalalari muhokama qilindi. Samimiy muloqotlar natijasida tomonlar o‘zaro yarashishga qaror qilib, yana bir oila birligi tiklandi.
Oila — jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini, farovon hayot poydevoridir. Har bir yarashtirilgan oila — bu farzandlar baxti, mahalla tinchligi va jamiyat barqarorligi deganidir. Shu bois, bunday amaliy sa’y-harakatlar mahallalarda oilaviy totuvlikni ta’minlash, nizoli holatlarni bartaraf etish, ajrimlarning oldini olish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
