Ma'naviy ma'rifiy uchrashuv!
2026-04-23 13:10:00 / Yangiliklar

🇺🇿 Bugun "Urguttumangaz" xodimlari ishtirokida Milliy ruhiyatni jonlantirish, qadimiy urf-odat va an’analarimizni zamonaviy shaklda yosh avlodga yetkazish, va zararli odatlarning oldini olish maqsadida “Ma’naviyat – inson kamolotining poydevori” shiori ostida shuningdik, “Jaholatga qarshi ma’rifat — yoshlar o‘rtasida radikallashuvning oldini olish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari A.G'ofurov, Din ishlari bo'yicha tuman vakili M.Ergashevlar ishtirokchilarga aholi va yoshlar ongini turli zararli g‘oyalardan asrash, ularni diniy bag‘rikenglik, tinchlik va totuvlik ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Mutasaddilar tomonidan radikalizm va ekstremizmning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, unga qarshi ma’rifat bilan kurashishning dolzarbligi keng yoritib berildi.
