Samarqand viloyati Urgut tumani 35-son umumta’lim maktabida “Kelajak soati” doirasida muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
2026-02-19 19:25:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish mexanizmlari hamda yoshlar ongida halollik, vatanparvarlik va qonunga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish masalalari atroflicha yoritildi. Shuningdek, o‘quvchilarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shaxsiy mas’uliyat va daxldorlik hissini kuchaytirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassis tomonidan batafsil va huquqiy asoslangan javoblar oldilar. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan mazkur tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni halollik va adolat tamoyillariga sodiq bo‘lish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.




