“Ayollar daftari”ning 7-bosqich jarayonlari boshlandi
2026-02-20 19:35:00 / Yangiliklar

Xorazm viloyatiga Respublikadan biriktirilgan vakil — Temiryo‘lchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Qutlimurat Sabirov, Toshkent mintaqaviy temiryo‘l uzeli kasaba uyushma hududiy qo‘mita raisi G‘ulamboy Sabirov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyat Kengashi raisi Gulsara Qurbanbayeva Urganch shahrida bo‘lib, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida keng qamrovli o‘rganish va tushuntirish ishlarini olib bordi.
Mutasaddi tashkilotlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvlarda xotin-qizlarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
“Ayollar daftari”ning navbatdagi bosqichi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlarning muhim davomi hisoblanadi.




