2-mavsum #aholi mamnun
2026-01-13 16:50:00 / Yangiliklar

Urganch shahar Baynalminalchi mahallasi fuqarolari tomonidan Tashabbusli budjet jarayoni 2025-yil 2-mavsumida mahallaning Omad ko'chasi va yo'laklari hamda Zarbuloq ko'chalarini asfalt qilish yuzasidan taklif bildirilib, mazkur taklif mahalla aholisi tomonidan uyushqoqlik bilan 2473 ta ovoz to'plangan holda g'olib deb topildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun "Fuqarolar tashabbusi jamg'armasi" mablag'lari hisobidan buyurtmachi "Xorazm mintaqaviy yo'llarga buyurtmachi xizmati" DUKga jami 1 497,0 mln.so'm mablag'lar ajratildi. Pudratchi RK NEW DORMOST STROY MCHJ tomonidan jami 1 431,2 mln.so'm mablag'lar evaziga 2,1 km ichki yo'llar asfalt qilinib foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda tashabbusli budjet borasida amalga oshirilayotgan islohotlardan aholining mamnunligi ularning ushbu jarayonlarda faol ishtirok etayotganligidan dalolat.
Urganch shahar hokimligi axborot xizmati.
