“Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-10-19 09:00:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov rahbarligida “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari hamda ijtimoiy xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlar va xotin-qizlar masalalari, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.







