Bosh sahifaAxborot xizmatiSaytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma
18+
Saytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma
Saytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma
BOSH SAHIFA
Ulug‘nor tumani hokimligining rasmiy veb-saytida “Hokimlik haqida”, “Faoliyat”, “Davlat xizmatlari”, “Hujjatlar”, “Ochiq ma’lumotlar”, “Axborot xizmati” kabi ruknlar mavjud.
VEB-SAYT ASOSIY SAHIFALARIDAGI BO‘LIMLAR
HOKIMLIK HAQIDA
“Hokimlik haqida” bo‘limida rahbariyat, hokimlik apparati xodimlari, tashkiliy tuzilma, hokimlik tasarrufidagi tashkilotlar hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan.
FAOLIYAT BO‘LIMI
“Faoliyat” bo‘limida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, tadbirkorlik, sport, yoshlar va xotin-qizlar yo‘nalishlaridagi faoliyat haqida ma’lumotlar yoritib boriladi. Shuningdek, ommaviy tadbirlar va boshqa muhim tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtiriladi.
HUJJATLAR BO‘LIMI
“Hujjatlar” bo‘limida davlat dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar, ishlab chiqilayotgan hujjat loyihalari, ochiq budjet ma’lumotlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha ma’lumotlar va hisobotlar joylashtiriladi.
OCHIQ MA’LUMOTLAR BO‘LIMI
“Ochiq ma’lumotlar” ruknida jamoatchilik uchun ochiq bo‘lgan muhim ma’lumotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jamoatchilik kengashi faoliyati hamda boshqa ochiq ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.
AXBOROT XIZMATI BO‘LIMI
“Axborot xizmati” bo‘limida rahbariyatning bayonotlari, yig‘ilishlar, tadbirlar, uchrashuvlar, press-relizlar, matbuot anjumanlari va tumandagi boshqa yangiliklar yoritib boriladi.
VEB-SAYTDA FOYDALANILGAN ATAMALAR
№ Atamalar Izoh
1 PF-6247 Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida.
2 PF-154 Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
3 Kapital qo‘yilmalar Ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratish, ularni yangilash, mavjud fondlarni ko‘paytirish hamda obyektlarni qurishga sarflanadigan mablag‘lar.
4 Jamoatchilik kengashi Davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashga ko‘maklashuvchi maslahat organi.
5 Ko‘chmas mulk Yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar hamda yer bilan uzviy bog‘langan, joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan boshqa mol-mulklar.
6 Xizmat safari Xodimning o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun rahbarning topshirig‘iga asosan ma’lum muddatga boshqa joyga yuborilishi.
7 Aksiyador Aksiyaning egasi bo‘lgan, undan naf ko‘ruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
8 Davlat budjeti Davlatning muayyan vaqt, odatda bir yil uchun mo‘ljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui.
9 Ochiq ma’lumotlar Ko‘p marotaba, mustaqil va bepul foydalanish uchun ochiq bo‘lgan, internet tarmog‘ida tizimlashtirilgan holda joylashtirilgan ma’lumotlar.
10 Press-reliz Tashkilotning matbuot xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun tayyorlanadigan rasmiy axborot xabari.
