📢 E’LON! Hurmatli Ulug‘nor tumani fuqarolari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va chorvadorlar!
2026-10-16 09:40:00 / Yangiliklar
2026-yil 15-oktyabrdan 15-noyabrga qadar tumanda “Kuydirgi va quturish kasalliklariga qarshi kurashish oyligi” o‘tkaziladi.
Oylik davomida chorva mollari kuydirgi kasalligiga qarshi, it va mushuklar esa quturish kasalligiga qarshi emlanadi hamda profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi.
Barcha fuqarolardan chorva mollarini o‘z vaqtida emlatish, veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish va uy hayvonlarini qarovsiz qoldirmaslik so‘raladi.
⚠️ Eslatma: Hayvon tishlagan yoki tirnagan taqdirda, zudlik bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qiling!
O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo‘lmang!
Ulug‘nor tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi
