Ishsiz yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda
2026-10-15 14:30:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumani hokimi o‘rinbosari M.Baknazarova, tuman soliq inspeksiyasi rahbari B.Maxsudov hamda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i B.Ibragimov boshchiligida tumandagi ishsiz yoshlar Sariq suv mahallasida qurilish ishlari yakunlanish arafasida bo‘lgan “Xafizaxon Nur ziyosi” yog‘ ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldilar.
Tanishuv davomida yoshlarga korxonada olib borilayotgan qurilish ishlari, kelgusida yaratiladigan sharoitlar hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.
Mazkur korxonaning ishga tushirilishi yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash va ularning daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
