Ishsiz yoshlar va ijtimoiy reyestrdagi fuqarolar bandligi ta’minlanmoqda
2026-10-15 14:00:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumani hokimi o‘rinbosari M.Baknazarova, tuman soliq inspeksiyasi rahbari B.Maxsudov hamda tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i B.Ibragimov boshchiligida Yangiobod mahallasida joylashgan “Zuna Fameli” tikuvchilik korxonasiga ijtimoiy reyestrda turuvchi ishsiz fuqarolar olib borildi.
Tanishuv davomida fuqarolar korxona faoliyati, mehnat sharoitlari va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi.
Mazkur ishlar orqali ijtimoiy reyestrdagi ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda oilalar daromadini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
