KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA DOLZARB MASALALAR YUZASIDAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
2026-10-13 09:00:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumani hokimi M. Axmadjonov boshchiligida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, qonuniylik va ijro intizomiga rioya etish, shuningdek, tumanda mavjud dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarning axborotlari tinglanib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.








