🌸 11-OKTABR — XALQARO QIZLAR KUNI! 🌸
2026-10-10 09:00:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan barcha qizaloqlarimizni 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Bugun ta’lim tashkilotlarida qizaloqlarni yoshligidan milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning milliy madaniyatimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Barcha qizaloqlarimizga sog‘lik, baxtli bolalik, quvonch va yorqin kelajak tilaymiz! 💐







