📢 E’LON FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILADI
2026-10-05 09:50:00 / Yangiliklar
Hurmatli Ulug‘nor tumani fuqarolari!
Ulug‘nor tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Qirg‘izov No‘monjon Rahmonovich tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
📍 Qabul manzili: Ulug‘nor tumani hokimligidagi Xalq qabulxonasi
📅 Qabul kuni: Chorshanba
🕑 Qabul vaqti: 14:00–16:00
Qabul davomida qishloq va suv xo‘jaligi hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilinadi.
Barcha fuqarolarni o‘z murojaat va takliflari bilan qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

