📢 E’LON FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILADI
2026-10-05 09:45:00 / Yangiliklar
📌 Hurmatli Ulug‘nor tumani aholisi, tadbirkorlar va yoshlar!
Sizni qiynayotgan muammolar, tadbirkorlik faoliyatingizdagi to‘sqinliklar yoki tumanimiz rivojiga xizmat qiladigan yangi g‘oya hamda investitsiya loyihalaringiz bormi?
Unda sizni haftalik ochiq muloqotga taklif etamiz.
💼 Har haftaning payshanba kuni Ulug‘nor tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Qobulov Farxod Raximjonovichning fuqarolar va tadbirkorlar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkaziladi.
Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, uning qonuniy yechimini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘riladi.
🗓 Qabul kuni: Har haftaning payshanba kuni
⏳ Qabul vaqti: 14:00 dan 16:00 gacha
📍 Manzil: Ulug‘nor tumanidagi Xalq qabulxonasi
Muammolaringizga birgalikda yechim topamiz, takliflaringizni esa qo‘llab-quvvatlaymiz!

