📝 E’LON FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILADI
2026-10-05 09:45:00 / Yangiliklar
Hurmatli Ulug‘nor tumani aholisi va xotin-qizlari!
Har haftaning juma kuni Ulug‘nor tumanidagi Xalq qabulxonasida Ulug‘nor tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Parmonova Nargiza Saminjonovnaning fuqarolar uchun shaxsiy qabuli o‘tkaziladi.
Qabul davomida oilaviy masalalar, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, ijtimoiy yordam, bandlik, tadbirkorlik hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaat va takliflar ko‘rib chiqiladi.
🗓 Qabul kuni: Har haftaning juma kuni
⏳ Qabul vaqti: 14:00 – 16:00
📍 Manzil: Ulug‘nor tumanidagi Xalq qabulxonasi
Barcha fuqarolarni murojaat va takliflari bilan belgilangan vaqtda qabulda ishtirok etishga taklif etamiz.

