Ulug‘norda “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-10-05 09:00:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov rahbarligida tumandagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla yettiligi a’zolari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ishsizlikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, mahallalardagi muammolarni bartaraf etish hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.









