Ulug‘nor tumanida tabiatga e’tibor: yashil hududlar parvarishlanmoqda
2026-07-14 17:55:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumanida jazirama kunlarda yashil hududlarni asrab-avaylash hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida barcha tashkilot va muassasalarda tegishli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur ishlar doirasida daraxtlar, gulzorlar, maysazorlar va boshqa yashil hududlar tungi vaqtlarda muntazam ravishda parvarish qilinib, ularning holati nazorat qilinmoqda.
🌱 Yashil hududlarni asrash va ko‘paytirish — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz.








