Ulug‘nor tumani hokimi M. Axmadjonov xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2026-06-25 10:00:00 / Yangiliklar
Ulug‘nor tumani hokimi M. Axmadjonov xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tumanda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, “ITG RESOURCES INVESTMENT” MChJ XK tomonidan paxtani qayta ishlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi. Mazkur loyiha hududning sanoat salohiyatini oshirish, eksport hajmini kengaytirish va qo‘shimcha qiymat yaratuvchi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.






