Ulug‘nor tumani hokimi xalqaro forumda: yangi investitsion loyihalar muhokama qilinmoqda
2026-06-16 14:10:00 / Yangiliklar
Ayni kunlarda Ulug‘nor tumani hokimi M. Axmadjonov Koreya–O‘zbekiston forumi doirasida qator xorijiy investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Jumladan, The L.Collection asoschisi Soo Hyun Kim xonim bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda tumanda zamonaviy mehmonxona qurish hamda quyosh panellari ishlab chiqarish loyihalariga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashib, kelgusida yana uchrashishga kelishib oldilar.
Forum doirasidagi bunday uchrashuvlar Ulug‘nor tumaniga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va hudud iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.




