Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!
2026-11-10 17:38:00 / Yangiliklar
Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi.

Bu loyiha hudud iqlimini yaxshilash, chang miqdorini kamaytirish hamda aholi uchun maroqli hordiq chiqarish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.
Bo‘lajak ko‘l 37 sotix maydonni egallaydi, chuqurligi esa 2 metrni tashkil etadi. Uni drenaj quduqlari va tabiiy ravishda oqib keladigan ariqlar orqali suv bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.
Loyihani joriy yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Sun’iy ko‘l qurilishi qanday kechmoqda? Ish jarayonini videoda ko‘ring


