FUQAROLAR UCHUN TUMAN HOKIMINING SHAXSIY QABULI BO'LIB O'TDI.
2026-10-20 11:27:00 / Yangiliklar

Qabul davomida jami 15 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammo va masalalar atroflicha o‘rganildi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mutahassislar ishtirokida fikr almashilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarni hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tartibda ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholini qiynayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish hamda aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlash tuman hokimligi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunday qabullar fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini o‘rganish va masalalarni qonuniy tartibda hal etishga xizmat qiladi.





