UCHTEPA TUMANIDA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
2026-10-16 13:00:00 / Majlislar
2026-yil 14-oktabr kuni Uchtepa tumanidagi “Samo” anjumanlar zalida Toshkent shahar prokurori v.b. A.Urmonov hamda Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov ishtirokida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari, mavjud muammo va takliflarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda tegishli yechimlarni belgilashga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.





