UCHTEPADA NAVBATDAGI SHAXSIY QABUL TASHKIL ETILDI
2026-10-02 17:41:00 / Yangiliklar
2026-yil 2-oktabr kuni Uchtepa tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Rahmonberdiyevning fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida 14 nafar fuqaroning murojaat va takliflari batafsil tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
📥 Murojaatlarning asosiy qismini:
🔹 moddiy yordam ajratish;
🔹 farzandini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish;
🔹 bandligini ta’minlash;
🔹 tibbiy va jarrohlik yordami ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi.
Fuqarolar murojaatlari e’tiborda — har bir masala manzilli va amaliy yechim topishi uchun zarur choralar ko‘rilmoqda.






