“Gender tenglik faoli” milliy tanloviga start berildi!
2026-09-23 16:11:00 / Yangiliklar

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
🔶 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hududiy tashkilot”
🔷 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol respublika tashkiloti”
🔶 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol hokimlik”
🔷 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol nodavlat notijorat tashkiloti”
🔶 “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tadbirkorlik subyekti”
🔷 “Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng faol telekanal va radiokanal”
🔶 “Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng faol bosma nashr”
🔷 “Gender tenglikni targ‘ib qilishda eng faol internet nashri”
📌 Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi:
1️⃣ Tuman/shahar bosqichi
2️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichi
3️⃣ Respublika bosqichi — hududiy bosqich g‘oliblari hamda respublika tashkilotlari o‘rtasida.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar tegishli hujjatlarni Uchtepa tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etishingiz mumkin. ☎️ Murojaat uchun: -93-4420867 -88-3330867
Gender tenglikni ta’minlash va targ‘ib qilish yo‘lida faoliyat yuritayotgan barcha tashkilot, korxona, muassasa va jamoalarni ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
