XITOY KOMPANIYASI BILAN INVESTITSIYAVIY HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
2026-09-22 15:21:00 / Yangiliklar
2026-yil 19-sentyabr kuni Uchtepa tumani hokimi o‘rinbosari S. Abdikarimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining “Xuanpu” kompaniyasi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida Toshkent shahrida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda istiqbolli loyihalar yuzasidan takliflar bildirildi.



